Samarqand davlat chet tillar institutining bur guruh professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Hoji Bayram Vali universitetiga xizmat safari bilan jo‘nab ketishgani haqida xabar bergandik.
Ular tashrifning birinchi kuni universitetda tashkil etilgan "Bayramlashma" bayram dasturida ishtirok etishdi. Shundan so‘ng universitet rektori, professor Nachi Bostanji, prorektorlar - professor Kurshat Go‘kturk, professor Fulya Bayraktar janoblari hamda universitetning boshqa professor-oʻqituvchilari bilan uchrashishdi. Xizmat safar davomida universitetda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.