EMOTIV-KAUZATIV QURILMALARNING KOGNITIV-PRAGMATIK TAMOYILLARI

Mualliflar

Turniyazova Ruxsora Behzod qizi

Kalit so`zlar

Kalit so‘zlar: emotsiya, kauzatsiya, kognitsiya, pragmatika, affekt, kauzator, kauzant.

Annotatsiya

Annotatsiya. Maqolada tilshunoslikda ham emotsiyalar to‘laqonli ravishda tadqiq etilishi mumkinligi haqidagi mulohazalar bayon etilgan. Til ilmida hissiyotlarning o‘rganilishi uch muhim omilga bog‘liq bo‘lib, ulardan biri ekstralingvistik, ikkinchisi fiziologik, uchinchisi esa verbal va noverbal vositalarga tayanishdir. Masalan, mimika, jestika, daktil alifbosi kabilar hissiyot mexanizmlarining ishlashi bilan aloqador bo‘lib, ekstralingvistik omillar sirasiga mansub. Fiziologik jihatdan hissiy-kommunikativ jarayonida inson miyasining neyrologik faoliyati tekshiriladi. Bundan tashqari, inson kommunikativ jarayonda verbal hamda noverbal aloqa vositalaridan foydalanishi mumkinligi izoh talab qilmaydi. Mazkur maqolada ana shu tushunchalar kauzativ nuqtayi nazardan yoritilgan.

  Maqolani yuklab olish